Grace and Truth

This website is under construction !

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- 09. Comparisons -- 4.02 Introduction To the Ten Commandments: God Reveals Himself
This page in: -- Afrikaans -- Arabic? -- Armenian? -- Azeri? -- Bulgarian? -- Cebuano? -- Chinese -- English -- Farsi? -- French -- German -- Gujarati? -- Hebrew -- Indonesian -- Norwegian? -- Polish? -- Russian -- Serbian? -- Spanish? -- Tamil -- Turkish? -- UZBEK -- Yiddish? -- Yoruba

Previous part -- Next part

09. MASIHIYLIK VA ISLOM DININING SOLISHTIRILISHI
Solishtirilishi 4 - O’n Ilohiy Amr

4.02 - O’n Ilohiy Amr bilan Tanishish: Xudo o’zini kimligini ochib beradi



Men sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egangiz Xudoman. (Chiqish 20:2)

O’n Ilohiy Amr farishta tomonidan insonlarga ochib berilgan qiyin, qotib qolgan qonuniy tuzulmalar chegarasi emas. Anig’roq qilib aytadigan bo’lsak Xudoning O’zi insonlar bilan gaplashadi. Yaratguvchi O’zining ijodlari oldiga yaqin keladi va Muqaddas Parvardigor gunohkor insonlariga yaqinlashadi.


4.02.1 - Xudoning Odami

O’n Ilohiy Amrdagi birinchi so’z “Men” deb boshlanadi. Tirik Xudo noma'lum ruhday yoki uzoq masofadagi qo’rqinchli chaqmoqday emas balki bizga odamdek murojaat qilyapdi. Uning tilini oson tushuniladi. U biz bilan insoniy, ishonchli munosabat qurmoqchi. U biz bilan qonuni yoki qahri orqali emas balki inoyati orqali gaplashadi. U bizga shunday mehribonchilik va sevgi bilan qarashi biz uchun qanchalik imtiyoz!

Inson o’zining qaysarligi bilan Qudratli Xudodan yuz o’girishi va Uning mehridan qochishi mumkin lekin Muqaddas Xudo biz qayerda bo’lsak ham ko’rib turadi. Biz doimo Uning ko’z o’ngidamiz. Shuning uchun aqlli odam Uning so’zlariga befarq bo’lmaydi. Aslida Uning “Men” deb aytadigan so’zi biz “sen” degan darajaga ko’tarilganimizni bildiradi va U bilan bir xilda gaplasha olamiz.

Bulardan bizga aniq ko’rinib turibdiki shubhasiz abadiy Xudovand hammaning Madatkori, Hukmdorning O’zi biz bilan insonlardek gaplashadi. Shuning uchun kelinglar Unga e’tibor bilan quloq solaylik va Uning So’zlarini quvonch va xursandchilik bilan qalbimizda saqlaylik.


4.02.2 - Xudoning Borligi

Xudo “Men borman” degan so’zni aytganda O’zining borligini bildiryapdi. Qanday qilib unda odamlar Xudo yo’q deb aytoladi. Hamma dinsiz qarashlar, Xudoning bu guvohligi oldida tamomila barbot bo’ladi, Xudoning “Men borman” degani bu bizning mavjudligimizning sababidir. Xudo bor! Hamma narsa o’tkinchi, yolg’iz, U esa abadiydir. Vaqt va yana isyonkor odam buyuk bir toqqa qarshi chiqayotganday o’zining Yaratuvchisiga qarshi chiqmoqda. Biroq haqiqat shundaki odam Xudo haqida nima gapirayotgani yoki olimlar U haqida nima yozishlariga asoslanmaydi. U Haqiqatdir va butun koinotni to’ldirib turadi. 3’000 yil oldin Dovud paytida ko’p odamlar Xudo y’oq deyishgan (Zabur 13). Shuning uchun Zaburchi bunday odamlarni buzuq va befarosat deb atagan chunki ular haqiqatni mensimasdan butun koinotni ushlab turgan Xudoni rad etishdi. Hozirga qadar imonsiz odamlar gunohkor hayotda vijdonsiz yashab kelmoqda.

Xudoning O’zi haqidagi guvohligi Butdaning diniy ko’rinish qurilganlik asosini nato’g’ri ekanligini isbotlaydi. Nirvana (Butda dinida) o’zini rad etish va jonini o’limga bo’lgan xohishga topshirish, butunlay berilib ketishni o’rgatishi bilan butunlay noto’g’ri, haqiqatga to’g’ri kelmaydigan oqimdir. Xudo odamlarni yashashini xohlaydi. U tirik va “Men borman” deb guvohlik beryapdi. Haqiqatdan U bizning hayotimizga ma’no va maqsad beradi. U yashagandek bizni ham yashashimizni xohlaydi. Uning maqsadi bizni o’lib ketishimiz emas.

Xudoning guvohligi yana hamma manfaatparastlik aqidalarini o’limga qo’yadi. Ruhiy dunyoni borligini rad etuvchi inson kalta o’ylaydigan odamdir. Aslida bu odam qush osmonda uchub yurganda yerda qoladigan toshdir. Xudo tirik va U siz bilan gaplashadi. U hattoki manfaatparast, dinsiz, kommunist kim bo’lishidan qat’iy nazar Xudo tomon quloqlarini tutsa U gapiradi va bu odam dono bo’ladi. Agar kimdir Xudoni eshitishni rad etsa va yuragini tosh qilib olsa, u: ”quyosh yo’q chunki uni ko’ra olmayapman” – deb noligan ko’r odamga o’xshaydi.


4.02.3 - Xudo kim?

Xudo Musoga “Men borman” dedi. Chiqish 3:14 ni eng adabiy Yahudiy tilida tarjimasi, ”Men har doim bor bo’lgan Xudoman” bo’ladi. Bu Xudo haqiqiy, abadiy, mutlaq, mustaqil borligini ifodalaydi. Xudo hech kim va hech narsa bajarmaydigan muhim narsalarda bor. U o’zgarmaydi, bu imonimiz asosi va najotimizning peshtoqidir. Bizning hamma chegaralarimiz va gunohkorligimizga qaramasdan O’zgarmas Xudo bizga sodiq qoladi. Biz Uning sodiqligi uchun Uning oldiga qaytib kelishga huquqimiz bor. Hatto biz oxirat bilan yuzlashsak ham U bizga taskin beradi: “Yeru osmon bitar lekin Mening so'zlarim bitmas” (Matto 24:35).

Xudo mustaqil va hamma narsani o’rab olgan: U hamma narsani Biluvchi, hamma narsani Ko’ruvchi, hammanarsani Boshqaruvchi va hammadan Dono. Agar hamma eshiklar bekik bo’lsa ham tashqariga yo’l bilan ta’minlaydi. U bizning his-tuyg'ularimizni biladi. U bizni Uning oyoqlari oldida qo’rquvdan titrab yiqilishimizni xohlamaydi. Buning o’rniga U bizda chuqur umid va ishonchni yaratadi. U bizga gapiradi shuning uchun ko’zlarimizni ishonch bilan Unga qaratishimiz kerak. U bizning hayotimizning Xudosi bo’lishni xohlaydi. Hech kim bizning sabrli Xudomizdan yuzuni yashirmasligi kerak, U bizni javobimizni kutadi! Kim uning Yaratguvchisiga qaytsa, Xudoning mehribon sevgi-ezgusiga javob beryapdi. Xudo “Men har doim bor bo’lgan XUDOMAN” deganda U Undan boshqa Xudo yo’qligini nazarda tutgan bo’ladi. Boshqa hamma ruh va xudolar bekor.

Hozirgi bizning paytda, ruh va yashirin ta’limotlar zamonaviy dinlarga aylanmoqda, jinga chalinganlar Haq Xudoga ishonib ozod bo’lyadilar. Bugun befarqlik kamayyapdi va odamlar undan kuchliroq oqimlarga boryapdilar va okkul’tizm bilan shug’ullanib shayton ruhi bilan bog'lanyapdilar. Ularning targ’ibot va tashviqotlari hamma joyda radio, televizor va gazetalarda bor.

Muqaddas Kitobda Iso O’n Ilohiy Amrda aytilganidek: “Men O’shaman” – deydi. Bu bilan Iso O’zining Xudoligini tasdiqlaydi va farishtalarning Baytlahmdagi cho’ponlarga yetgazgan xush xabarlari bunga tasdiq bo’la oladi. Iso xizmatida aytdi: ”Men hayot noniman”, ”Men dunyoning nuriman”, “Men eshikman”, “Men haqiqat va hayotga eltuvchi yo’lman”. U yana: ”Men Shohman”, “Men bosh va oxiridirman”. Bunga ‘Isoning Xudoligiga’ Uning shogirdlari shubhasiz tan olishdi. U hech qachon o’zgarmaydi va bizni har qanday gunohdan asraydi. U O’zini kimligini va o’limdan tirilganda tasdiqladi. Shunday qilib O’n Ilohiy Amr boshida aytilgan “Men Xudoman” deyilgan, Xudoning So’zi bizga taskin beradi.

Musoda Isoni qachon kelishi haqida aniq bir fikr yo’q edi. Lekin Muso Iso tug’ilishidan 1,350 yil oldin “Men Xudoman sening Xudoyingman” degan Xudoni O’zini tanishtirgan asosiy ochig’likni oldi.


4.02.4 - Xudo kim?

Yahudiy tilida Xudo O’zini ‘Ilohim’ (‘Elohim’) deydi bu Arab tiliga ‘Olloh’ deb tarjima qilinadi. Olloh ‘Ol-el-oh’ bo’lganidek ‘Ilohim’ ni ‘Iloh-im’ deb ham o’qish mumkin. ‘Ol’ so’zi aniq artiklni ‘the’ning ma’nosini bildiradi. ‘Il’ Semit madaniyatida Xudoning asl Ismi bo’lib ‘qudrat’ ma’nosini bildiradi. Iso ‘Il’ nomining muhim ma’nosini oliy kengash oldida: ”Bundan buyon sizlar Inson O’g’lini Qodir Xudoning o’ng tomonida o’tirganini ko’rasizlar” – deb guvohlik berganda e’lon qildi. ‘-im’ va ’-oh’ bular suffikslar (gram. oxir qo’shimcha). ‘-im’ Yahudiy tilida ko’plik ma’nosini beradi, ‘-oh’ esa birlik ma’nosini beradi. Shunday qilib ‘Ilohim’ so’zi Xudoning uch birlikda bo’lishi mumkinligini bildirib turganda Muqaddas Uch Birlik ‘Olloh’ so’zidan mutlaqo farq qilyabdi.

Boqiy Xudovand nafaqat hamma narsani Biluvchi, hammadan Dono, hamma joyda bor bo’libgina qolmasdan U qudratli hamdir. Dunyoni qurish bo’yicha faqatgina U qudratli, U qudratli So’zi bilan hech narsadan butun koinotni yaratdi. U hammaga sabrli. Bizning Xudoyimiz buzuvchi, birovni poylab zulm o’tkazuvchi, kimni xohlasa xohish irodasidan adashtiradigan va yetaklaydigan xudolardek emas (Fotir surasi 35:8 va Muddassir surasi 74:31). Aksincha Xudo “butun insonlar haqiqatni bilib olib, najot topishini istaydi” (1 Timotiyga 2:4).

Eski Ahdda ‘Il’ nomi bilan bog’liq shahar va odamlar bor. Ularning bolalari Shomuil, Ilyos va Doniyor. Shaharlarini Baytil, Yizril va Isroil deb nomlashgan. Shunday qilib ular butun koinotni nazorat qiladigan ‘kuchga, qudratga’ o’zlarini bog’laganlar. Iso shogirdlariga va’da berib dedi: ”Muqaddas Ruh ustingizga tushib kelganda, sizlar quvvat olasizlar” (Havoriylar 1:8) shu tarzda Yangi Ahdda ham odamlar noyob tarzda Xudo bilan birlashadilar. Xudo gunohkorlarni rad etmaydi, aksincha tozalaydi, poklaydi va ularda yashaydi.

Iso Masih bizning Rabimiz, U qudratli Unga osmon va erda hokimiyat berilgan. Uning abadiy qudratiga atom bombalar tenglasha olmaydi. Uning hokimligi aslo tugamaydi.


4.02.5 - Islomda Xudo kim?

Qudratli Xudoga itoatkorlik Musulmonlarda “Ollohu akbar” ‘Olloh buyukdir’ deb ataladi. Shuning uchun Musulmonlar Ollohni hammadan ‘go’zal’ va ‘aqlli’ deb hisoblashadi. Shunday qilib Olloh Islomda uning qullari orasida buyuk, kuchli va yetib bo’lmasdir. Inson aqli Uni tushuna olmaydi U bizni tushunadi. Olloh Islomda uzoq va noma’lumdir. U haqidagi fikrlar yetarli va to’g’ri emas. Odamlar tortishivi, Uning qudratini hech qachon tushunmaydi. Musulmonlar Undan qo’rqishadi va yerga yiqilib Uni ulug’lashadi.

Mullalar yetib bo’lmaydigan Ollohga yerda inson yaratgan ko’prik (urf-odatlar) orqali yaqinlashishga harakat qiladilar lekin Qur’onni o’zi mavhum Beduin (ko’chmanchi) ta’limotiga o’xshagan harakatlarni taqiqlaydi.

Islomda Olloh ko’rinmas va Musulmonlar bilan ahd tuzmaydigandir. Muhammad Islomiy bitmlarda ularni Ollohga bog’lash uchun Olloh va Musulmonlar o’rtasida vositachi bo’lib hisoblanmaydi. Muhammad hamma Xudoga vositachisiz bog’lanishuni buyurgan.

Musulmonlar Xudoni asl mohiyatini tushunmaydilar. Buning natijasi o’laroq ular o’zlarini gunohlari haqida bilimga ega emaslar, Xudoning Inoyatini his qilmaydilar. Hamdu-sano Islomda Najotkorni ularning gunohlaridan qutqargani uchun minnatdorchilik bildirish emas, yoki hukmdan qutqargani uchun ulug’lash emas. Buning o’rniga qudratli Olloh ularni qullar o’zlarining xo’jayinlarini oyog’iga qo’rquv va shubha bilan yiqilganday sajda qilihsini xohlaydi deb biladilar. Ular Muhammadga ergashishga ishontiriladilar chunki Islom kimki ulardan qo’rqsa va hech qachon yoritib bermasa Ollohni buyuk qilib ko’rsatadi. Ular Qutqaruvchini erkin ulug’lamaydilar chunki Islomda najotkor yo’q. Hayron bo’ladigan joyi yo’q Musulmonlar rasmiy va marosim tarzda ulug’laydilar!

Shunga qaramasdan Muqaddas Kitobda O’zini Kimligini ochib bergan haqiqat Xudo, yaratganlaridan uzoqda emas. U: “Men Xudoman sening Xudoyingman” deganidek bizga yaqin keldi Odam Ato bolalari bilan ahd tuzdi.


4.02.6 - Xudo bilan Ahd

“Sening” olmoshi “sening Xudoying” soz brikmasida qaratqich kelishigi bo’lib kelyabdi ya’ni tegishlilik ma’nosini beryabdi. Xudo Unga tegishli bo’lishimizga ruxsat beryapdi. Biz Xudoga bola otasiga ishongandek ishonishimiz mumkin. Xudo bizni qaysarliklarimizga qaramasdan bizga tepadan qarab: ”Men sizlarning Xudoyingizman. Tavba qilib Menga qaytib, o’zingizni abadiy Menga topshirmaysizmi?” – deyapdi.

O’n Ilohiy Amr Xudo va odamlar orasida tuzilgan ahd bilan boshlanadi, bu ajoyib xabar. Bu ahd Xudo O’zining xalqiga bo'lgan buyrug’idir. Unda Xudo O’zining borligini va Sevgisini tasdiqlaydi. U bizdan Uning hamma joyda borligiga imon, umid va sevgida javob berishimizni kutadi.

Xudo gunohkorlar bilan tuzgan ahdida O’zining kechirimi, himoyasi va marhamati haqida ishontirib aytyabdi. “Agar Xudo biz tomon bo’lsa, kim bizga qarshi chiqar ekan?” (Rimliklar 8:31) U bizga har doim biz bilan va bizni ojizliklarimizni to’ldirib turishini aytib bizga dalda beryapdi. Odamning gunohi Xudoning sodiqligini to’xtata omaydi. Albatta shubhasiz Muqaddas Xudo gunoh kichikmi-kattami farqi yo’q hammasini hukm qiladi. Uning mukammal adolatli hukmi U bilan ahd tuzgan har bir insonni Uning Iso Masihdagi abadiy sevgisida tozalamaguncha har bir gunohni hukm qilishni talab qiladi. Biz uchun Iso o’lish bilan ilohiy ahdni kuchga kirish kafolatini ta’minladi. Xoch Uning Inoyatini davomiyligini belgisidir.


4.02.7 - Xudo bizning Otamiz

Iso Masih tug’ilishi bilan insoniyatni Xudo bilan ajiralganligiga chek qo’yildi. Xudo tanada zohir bo’ldi endi Iso izdoshlarini gunoh qulligidan, shayton zanjiridan, o’limdan va hatto Xudo hukmidan ozod qildi. Isoning Qoni to’kilib bizni ozod bo’lishimiz uchun to’lov bo’ldi. Kimki Isoga ishonsa gunohdan tozalanadi va Xudoning qizi va o’g’li bo’lib qabul qilinadi. Iso Masih orqali Qudratli Xudo bizning qonuniy va ruhiy Otamiz bo’ladi. Hatto biz jiddiy gunoh qilib qo’ysak ham: ”Men Xudoman, sening Otangman” – deb ishontiradi.

Xudo Iso Masihning Otasi xochga mihlanib o’lib tirilgan, Isoni sevgan va Unga ergashgan har bir insonga Muqaddas Ruhni beradi. Iso Masihda imonlilarni qayta tug’ilishi ularning osmondagi Otalarini hayoti va tabiatiga qabul qilishidir. Ular boshqa umidsizlik va ruhiy o’lim ostida bo’lmaydilar. Masihda muqaddas Xudo O’zini bizga bog’ladi. Xudo bizni U uchun yashaydigan ma’bad qildi. Xudo bizning Otamiz va biz Uning bolalarimiz. Biz Xudoga tegishlimiz va U bizga tegishli. Bu yangi ahd Iso Masihni bizni o’rnimizga o’lgan o’limi orqali amalga oshdi. Imonli ibodat qilganda bekorga bo’shliqqa telfon qilmaydi. Aksincha buning o’rniga ibodatchi Xudo bilan telfonda gaplashyotganday minnatdorchilik, gunohlarni tan olish va tavba qilish, iltimos va o’tinish bilan ibodati to’la bo’ladi. Bizning osmondagi Otamiz bularni eshitadi va bizga sodiqdir. Uning Uyida biz maskan topamiz. U bizni qamrab oladi va O’zining adolatli kiyimi bilan himoya qiladi. Musulmonlarga o’xshab haqiqiy Masihiylar ularning Otalaridan uzoqda emas. Masihiylar Hindulardek hamma xudolar ma’badini ulug’lamaydilar yoki Butparastlar qiladigandek qo’rqinchli narsa kutmaydilar.

Qudratli Xudo Isoning izdoshlariga Uning sevgisi uchun O’zini bog’ladi shuning uchun ular Uning Huzurida yashaydilar va Uning Surati tomon o’zgaradilar. Bizning Osmondagi Otamiz bizni umidsizlik holatida tashlab ketishni xohlamadi, aksincha bizni qutqarib qaytadan yangilashga qaror qildi. Xudo bizni ‘U muqaddas bo’lganday bizlarni ham muqaddas bo’lishga’ chaqiryabdi (Levilar 11:45). Xudoga ergashish bu faqatgina aqliy imon emas, balki butunlay ruhan ma’naviy o’zgarishlar natijasi hamdir. Agar biz Xudo bilan yashasak Abadiy Xudo o’zining bolalarini O’zini darajasiga tushgunigacha tarbiyalashga qaror qilgandek biz o’zgaramiz. Bizning Xudomiz Unga o’xshashimizni xohlaydi, Iso: ”Osmondagi Otangiz barkamol bo’lgani kabi, siz ham barkamol bo’linglar” – degan (Matto 5:48). O’n Ilohiy Amr yo’qolgan odamlarni Xudoning bolalari tomon o’zgarish jarayonining bosqichidir. O’n Ilohiy Amr bizni Uning Inoyatida yiqilib qolishdan asrovchi himoyadir.

Balki siz Masihning amrlarini bajarish mukin emas deb his qilgan bo’lishingiz mumkin. Biz qanday Xudo mukammal bo’lgandek mukammal bo’la olamiz? Bu e’tiroz shayton jannatda Momo Havoga: ”Xudodek bo’lib qolasizlar” degan vasvasani qaytarilyotganini bildirmayapdimikin? Odam o’zini o’zi qutqara olmaydi yoki o’zini harakatlari bilan solih bo’la olmaydi. Hamma o’zini kuchi bilan solihlikka intilishlar isyonkorlikni uyg’otadigan qonunda quriladi va hukmga sabab bo’ladi. Lekin bizni haqiqiy oqlash bizning Osmondagi Otamizning ishidir. U bizni solihlik yo’lida etaklaydi. U bizni har kuni o’zimizdan kechishga chaqiradi va U bizning qalbimizga shayton ustidan abadiy g’oliblik beradi. U bizni Uning Kalomini o’qib va Unga amal qilishimizga undaydi. U bizga xudbinligimizni xizmatchi va ruhoniylarga o’zgartiradigan Sevgisini beradi. Bizning Otamizning ruhiy sovg’asi aniq, hatto Muhammad bularni tan olib Masihning shogirdlari maxsus odamlar bo’lib: ”takabbur bo’lmagan, qalblarida rahmdillik va mehr qabul qilgan insonlardir” – deb tasvirlagan. (Moida surasi 5:82 va Hadid surasi 57:22).


4.02.8 - Amalga oshgan Najot

Xudo bizni gunoh qulligidan ozod qilishni xohlaydi. O’n Ilohiy Amrga ikkinchi tanishtiruv qismida Xudo bizga o’zimizni gunoh qulligidan ozod qila olmasligimizni aytadi. Buni Xudoning O’zi bizni Unga bo’lgan imondagi itoatkorligimiz orqali bajaradi. Xudo Muso orqali O’zini xalqini shavqatsiz qullikdan olib chiqqan va ilohiy ahdni bergan. Xudo ularni solih bo’lgani uchun qabul qilmadi balki ularni Inoyati orqali tanlab oldi. Xudo: ”Men sizlarni Misrdan qullik uyidan olib chiqqan Xudoman sizning Xudoyingizman” - dedi.

Yoqubning o’g’llari 3,600 yil oldin ularni shaharlarida qurg’oqchilik paytida toshli hosilsiz sharqiy Iordan vodiysi tog’laridan ko’chib ketishdi. Ular ochlikda o’zlarining uylaridan 300 kilometr uzoqda joylashgan hosildor Nil Vodiysiga bordilar. U yerda ular yaxshi hayot kechirishdi. Har yili Nil toshib yerni oziqlantirib turardi. Yoqubni bolalari tez ko’payib Misr xalqi uchun yirik xavfga aylandilar. Firavn o’zga xalq bo’lgan Yahudiylarni qul qilib shavqatsiz yomon munosabatda bo’ldi. Ba’zilari qullikda otalarining Xudosini eslab U ularga yordam berishini so’rardilar. Kambag‘allik va muhtojlik ularni Yaratguvchisi va Najotkoriga olib kelmagunigacha yaxshi kunlarda Xudoni esdan chiqardilar. Xudo ularni nolishlarini eshitdi va Firavn saroyida va cho’lda chaqiruvini bajarishga tayyorlagan quli Musoni yubordi. Xudo Musoga yonayotgan butalarda namoyon bo’ldi, buta olovda yonib tugamasdi. Xudo O’zini Musoga: ”Men borman”, ya’ni “Men O’shaman. Men o’zgarmayman aksincha senga sodiq qolaman” ma’noni beruvchi so’zlar bilan O’zini kimligini ochib berdi. Shuning uchun Xudo Yeremiyo 29:13da: ”Meni qidiringlar agar butun yuragingiz bilan qidirsangizlar topasizlar” – degan.

Xudo Musoni Misrliklarni xudosi bo’lib hisoblangan buyuk Firavn oldiga qullikdagi Yahidiy ishchilarni qo’yib yuborishini so’rash uchun yubordi. Lekin Nil Vodiysini boshqaruvchisi arzon ishchilarni ozod qilishni xohlamadi. Uning yuragi tosh bo’lib qotib boraverdi. Firavn Ibrohim o’g’illarini o’lat va falokat ko’paymagunigacha qo’yib yuborishga tayyor bo’lmadi. Ular Misrdagi qullikdan solihliklari uchun emas balki imondagi itoatkorliklari uchun ozod bo’ldilar. Ularda o’tkir qurol yo’q edi. Ular uchun o’ldirilgan Fisih qo’zisi qoni himoyasi bilan kechasi cho’lga qochib ketishdi. Har bir oila uchun bitta qo’zi buyurilgan edi. Ular qo’zini go’shtini yeyishdi va Xudoning Qudratida qochishdi. Qizil dengizni kesib o’tish va ularni quvib kelayotgan dushmanlarini halokati qutqarilganliklarini isboti bo’ldi. Bugun Misrdagi Kair muzeyida Qizil dengizda cho’kib ketgan o’pkasida yo’sin (suv o’ti, vodorosl’) bilan Firavn mumiyosini ko’rish mumkin.

Musulmonlar jangda dushmanlar ustidan g’alaba qozonishni belgisi Xudoni aralashuvi deb biladilar. Biroq Muhammad Makkadagi savdogarlar bilan bo’lgan Badr Jangida Xudoning mo’jizaviy yordami bilan emas qurollari bo’lgani uchun g’alaba qozondi. Shubhasiz ular dushmanlarini urganlar. Musoni ilohiy mo’jizaviy tarzda qutqarilishi (tomchi qon to’kmasdan) Islomda har bir odam qo’shilishi majbur bo’lgan muqaddas urush (jihod) dek taniqlidir. Islomda oqlovchi qoida: ”Sen ularni o’ldirmading Olloh ularni o’ldirdi. Kamonni otgan sen emas agar otgan bo’lsang, Olloh otdi” – deydi (Anfol surasi 8:17).

Xudo Isroil bolalarini mo’jizaviy tarzda qullikdan ozod qilgandan keyin U ularni cho’lga olib bordi va ularga bazm tayyorladi. U ilohiy amrni Unga ergashishda ularni muqaddas bolishlari bilan yakunlashni xohlagan edi. U Isroil xalqini ruhoniy xalq bo’lishga chaqirgan. Ular Xudoning taxti oldida hamma odamlarni yarashtirish xizmatida edilar. O’n Ilohiy Amr ahd kitobining yuragi va ularning Xudolari bilan birlik uchun oltin qoida bo’lgan. Xudo ularning Ahd sandig’ida saqlangan ikkita tosh lavhalardagi O’zining qonunlari podsholik qilardi.


4.02.9 - Yangi Ahdagi Najot va O’n Ilohiy Amrning maqsadi

Agar biz 3,300 yil oldin Xudo Yoqub bolalarini ajoyib tarzda g’alaba qozonganini kafolatlaganini o’rganadigan bo’lsak, buni Yangi Ahddagi Isoning amalga oshirgani Najoti bilan solishtirsak, biz O’n Ilohiy Amrni boshiga shunday xulosa berishimiz mumkin: ”Men Xudoman, Sening Xodoying va Otangman; Men seni abadiy sotib olganman”.

Iso Masih dunyoga kelib har bir odamni gunohini O’ziga olib xochda Xudoning Qo’zisidek biz uchun o’ldi, biz Xudoning hamma xalqqa bo’lgan Mehrini e’lon qilamiz va Iso Masihni har bir odam uchun Xudo va Qutqaruvchiligini vaz qilamiz. Iso xochdagi qiyinchiligi va o’limi orqali gunoh zanjirlarini uzdi va shayton hokimyati ustidan g’alaba qozondi. Iso Xudoning g’azabini qaytardi va biz uchun hukmni o’ziga oldi. Bizni oxirgi najotimiz Iso Masih orqali amalga oshdi. Shuning uchun biz Undan minnatdor bo’lishmiz va sotib olgan imonini qabul qilishimiz kerak.

Xudoning Najoti har bir odam uchundir. Biz qurol yaroqsiz noyob tarzda qutqarilganmiz. Dushmanning to’kilgan qoni bilan emas haqiqiy qon Xudoning O’g’li O’zini biz uchun qurbon qilib qonini to’kdi.

Biz O’n Ilohiy Amrni bajarib o’zimizni qutqara olmasdik; bu ularning maqsadlari emas. To’g’risi ular bizni bemalol qabul qilgan najot Egasiga minnatdor bo’lishimizni o’rgatadi. Kimdir o’zini insoniy xatti harakatlari bilan gunohdan, shaytondan, o’limdan va Xudoning g’azabidan qutqarmoqchi bo’lishni o’ylasa mutlaqo adashadi. Aslida u o’zini o’zi gunoh zanjiriga ko’pdan ko’p mubtalo etadi. O’n Ilohiy Amr bizni muqaddaslik sari yetaklay olmaydi. Ular bizni tavba qilishga va imonda itoatkorlikka, amalga oshgan najotga xursand bo’lishga yo’naltiradi. Biz Musoning qonuni maqsadini osmondagi Xudoni Muqaddas Ruh kuchi bilan, Iso Masih orqali ulug’lash bilan amalga oshira olamiz. Xudo bizni hukm qilishni, lanatlashni yoki O’n Ilohiy Amr bizni o’gir yuki bilan bosib qolishini xohlamaydi. Albatta xohlamaydi! Bizning Rabbimiz bizni najot topishimizni Qonun paydo bo’lmasdan oldin rejalashtirgan. U qonunlarini tavba qilish va odamlarning isyonkorliklarini Muqaddas Ruhga itoatda bo’lish va sokinlik tabiati tomon yo’naltirishi uchun bergan. Shuning uchun Qonunning maqsadi bizni oxirgi hukmda mag’lub bo’lib yo’q bo’lib ketishimiz emas, aksincha bizning Otamiz Xudo bilan bo’lgan munosabatimizdir.

Agar biz qachondir qul bo’lgan bo’lsak O’n Ilohiy Amrni yaxshiroq tushunamiz. Qullardek kasal bo’lsak ham, qari yoki yosh bo’lsak ham mukofotsiz og’ir ishlar qilishimiz kerak bo’lar edi. Biz ko’tarib bo’lmaydigan holatlarda og’ir ishlarni qilishga majbul qilingan bo’lar edik. Qullardek kamsitilgan va biz uchun hech kim qayg’urmaydigan bo’lar edik.

Xudo O’zini xalqini baxtsizlikdan va og’riqdan ozod qildi. Shu sabab bilan biz O’n Ilohiy Amr Masihiylarni ozodlikka erishishlarida aqliy va dono harakat qila olishlarini o’rgana olishlarlariga yo’naltiradigan boshlovchi sifatida qadrlaymiz. Ozodlikda yashiringan ko’p vasvasalar bor. Agar biz Xudosiz yashasak o’zimizning xohish va gunohlarimizni quliga aylanamiz. Xudo odamni O’zining suratida yaratdi. Xudosiz odam solih hayotda yashay olmaydi. Xudosiz mukammal najot yo’q.

Agar odam gunohda yashasa U gunohning qulidir. Narkotik, hirsu havaslar, o’g’irlik, dangasalik, zo’rlash va g’azab uning qamog’iga aylanadi. Ba’zi birlari hech narsa bo’lmaydi deyiladigan yengil og’riqlar, ozgina ichish, chekish, narkotik qabul qilish va shayton ruhidir. Shayton ularni aqllari bilan o’ynaydi. Lekin Iso Unga ishongan odamni ozod qiladi va Xudo bolalarining muqaddas ozodligiga olib kiradi. Masih haqiqiy G’olib, qutqaruvchi Rabbiy, dono Shifolovchi, yaxshi Cho’pon va sodiq Do’stdir. Hech kim Uni oldiga yordamsiz va maslahatsiz kela olmaydi.

O’n Ilohiy Amr inoyat orqali keladigan ozodlikka himoya devoridir. Xudo ularning Otasi, Iso Masih Qutqaruvchisi va Muqaddas Ruh ularning yupatuvchisi bo’ldi. Ular Ota Xudo, O’g’il va Muqaddas Ruh bitta Xudoligini tushunishdi. Ular Xudodagi minnatdorchilik va tinchlikda haqiqiy qutqarilish borligini tajribalarida bildilar. O’n Ilohiy Amr Xudo boshqaruvining belgisi bo’lib cho’l bo’ylab Isroil xalqi yashaganida Xudoni ulug’lash qo’shiqlari yaraldi (Zabur 118:54).

www.Grace-and-Truth.net

Page last modified on March 19, 2014, at 10:31 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)